46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlandi!
⚡️Samarqand shahrida boshlangan nufuzli musobaqa to'liqligicha Uzchess Youtube kanalida jonli efirda namoyish etilmoqda! Terma jamoalarimiz ishtirokidagi ilk shiddatli uchrashuvlarni o‘tkazib yubormang.
youtube.com/@uzchesss/live
5
901
Jahon tojini kim oladi — Javohir Sindarovmi yoki Gukeş?
🔥Javohir Sindarov va Gukeşning jahon toji sari bosib ötgan yöli haqida maxsus video tayyorladik.
🎬Videoni tomosha qiling
youtu.be/ujou6kymUSY?si=-WGw…
92
Sindarov va Gukeşning ilk töqnaşuvi!
⚡2018-yil, Moskva. 11 yoşli hindistonlik Dommaraju Gukeş va 12 yoşli özbekistonlik Javohir Sindarov ilk bor şaxmat taxtasida töqnaş keladi.
Moscow Open turnirining 9-turida Gukeş oq, Sindarov esa qora donalarda öynaydi.
Oradan sakkiz yildan ortiq vaqt ötdi. Endi esa öşanda bir-biriga qarşi öynagan ikki iste’dod jahon çempionligi uchun kuraşmoqda.
🔥Öşa tarixiy partiya qanday keçgan?
Barçasini Uzchess YouTube kanalidagi yangi videomizda tomoşa qiling!
⚡️videoni köriş: youtu.be/cZhb1pRvbm4?si=eCHH…
3
246
🇳🇴Karlsen: «Abdusattorov bilan maşğulotlar meni reallikka qaytardi»
Magnus Karlsen 7-noyabr kuni UNICEF uçun taşkil etilgan xayriya jonli efirida Nodirbek Abdusattorov bilan maşğulotlari, şahmatdagi intuisiya va kelgusi musobaqalar haqida gapirdi.
🇺🇿Abdusattorov bilan maşğulotlar haqida:
«Dunyoning eng yaxşi şahmatçilaridan biri bilan öynab, biroz reallikka qaytasan», — dedi Karlsen.
Uning aytişiça, internetda köplab blits partiyalarini öynaş ayrim zararli odatlarni şakllantiradi. Nodirbek bilan maşğulotlar esa bu jihatdan foydali bölgan. Karlsen, şuningdek, Abdusattorov oğlida ham juda yaxşi taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Yurişlarining 90 foizi intuisiyaga asoslanadi
Karlsenning aytişiça, u köpinça faqat bitta nomzod yurişni körib çiqadi. Ba’zan ikki yoki uçta variantni hisoblaydi. Bundan köprog‘ini izlaşga töğri kelsa, odatda pozitsiyasida muammo borligini bildiradi.
Total Chess haqida
Karlsen yangi formatni qiziqarli, ammo biroz taşvişli deb baholadi. U musobaqada iştirok etişni intiqlik bilan kutyaptimi, degan savolga avvaliga hazil bilan javob berdi.
🇹🇷Istanbuldagi jahon çempionatiga boradimi?
Karlsen rapid va blits böyiça jahon çempionatining Turkiyada ötkazilişi uning iştirok etiş ehtimolini sezilarli darajada oşirişini bildirdi. Biroq hozirça yakuniy qaror qabul qilmagan.
Şuningdek, Karlsen London tizimi haqida ham fikr bildirib, bu debyut avval öylanganidan ança boy va murakkab ekanini ta’kidladi.
2
179
«Şahmat özining tarixiy vatanlariga qaytdi!» — Vladislav Tkachiev
Fransiyalik grossmeyster Vladislav Tkachiev Europe Échecs naşriga bergan intervyusida Gukesh va Sindarov örtasidagi jahon çempionligi maçi haqida öz fikrlarini bildirdi.
«Menimça, Sindarov ğalaba qozonadi. Hindistonlik va özbekistonlik şahmatçining jahon çempionligi uçun kuraşayotgani bejiz emas», — deydi Tkachiev.
Grossmeyster bu fikrini şahmatning kelib çiqiş tarixi bilan boğladi. Uning ta’kidlaşiça, şahmat qadimda Hindistonda paydo bölgan, keyinçalik Fors va Markaziy Osiyo orqali boşqa hududlarga tarqalgan.
Tkachiev bugungi kunda özbek şahmatçilarining yuksalişini tarixiy jarayonning öziga xos davomidek baholaydi.
«Şahmat özining tarixiy vatanlariga qaytdi», — deya xulosa qiladi grossmeyster.
2
241
Noyabr oyida şaxmat olamida bizni qanday musobaqalar kutmoqda?
🔴10–20-noyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapeştda Total Chess World Championship Tour musobaqasi ötkaziladi. Unda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen va boshqa yetakçi grossmeysterlar bilan raqobatlaşadi.
🔴Yilning eng katta voqeasi esa Şveysariyaning Jeneva şahrida böladi. 22-noyabrdan 12-dekabrgaça Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeshga qarşi jahon şaxmat toji uçun kuraş olib boradi.
🔴25-noyabrdan 4-dekabrgaça Londonda an’anaviy London Chess Classic turniri ham ötkaziladi. Bu nufuzli musobaqada Nodirbek Abdusattorovning iştiroki kutilmoqda.
🔴Oy yakunida esa şaxmat ixlosmandlarining e’tibori Toşkentga qaratiladi. 27-noyabrdan 7-dekabrgaça Prezident kubogi musobaqasi ötkaziladi.
Siz qaysi musobaqani eng köp kutyapsiz?
1
122
Jahon çempionlari zanjiri davom etadi.
⚡1886-yilda Vilgelm Ştaynits bilan boshlangan tarix bugun Gukesh Dgacha yetib keldi. Endi esa navbatdagi sahifa Jeneva 2026da yoziladi.
🔴Amaldagi jahon çempioni Gukesh Dommaraju öz unvonini himoya qiladi. Unga qarşi da’vogar — Özbekistonlik Javohir Sindarov.
🇺🇿Agar Sindarov ğalaba qozonsa, u nafaqat yangi jahon çempioniga aylanadi, balki bu unvonni qo‘lga kiritgan ilk özbek şaxmatchi sifatida tarixga kiradi.
Sizningça, 2026-yilda tarixni kim davom ettiradi?
102
UzChess bilan şaxmat maktabi oçing!
📍Öz hududingizda şaxmat maktabi oçişni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uçun!
✅UzChess Özbekistonning turli hududlarida şaxmat maktablari taşkil etiş maqsadida hamkorlikka tayyor taşabbuskorlarni izlamoqda.
🔗Agar sizda şaxmat maktabi oçiş istagi va imkoniyati bölsa, quyidagi havola orqali ariza qoldiring.
Arizalar örganib çiqiladi va mos nomzodlar bilan keyingi bosqiçlar böyiça boğlaniladi.
👉Ariza topshiriş
docs.google.com/forms/d/e/1F…
2
149
20 million Magnus Karlsenni jahon chempionligi uchun kurashga qaytara oladimi?
Magnus Karlsenga katta mukofot jamg‘armasi evaziga yana klassik shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurashishga tayyormi, degan savol berildi.
"Faraz qilaylik, mukofot jamg‘armasi 20 million bo‘lsa, jahon chempionligi uchun yana kurashishga rozilik berarmidingiz?"
Karlsenning javobi:
"Albatta, ko‘pchilikni ma’lum bir summa evaziga ko‘ndirish mumkin. Ammo bu summa qancha ekanini taxmin qilmoqchi emasman.
Sport nuqtayi nazaridan qaraganda esa, shaxmatda meni uzoq davom etadigan klassik matchdan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradigan boshqa ko‘plab narsalar bor".
Shunday qilib, Karlsen katta pul evaziga qaytish imkoniyatini butunlay rad etmadi. Biroq hozircha uzoq davom etadigan klassik matchdan ko‘ra shaxmatning boshqa jihatlari unga qiziqroq ekanini bildirdi.
Sizningcha, Magnusni yana jahon chempionligi uchun kurashga qaytarish mumkinmi?
2
4
759
⁉️2026-yilgi Shaxmat olimpiadasidagi eng kulgili va sharmandali 5 ta partiya!
Atigi 6 yurishda mot, 12 yurishda taslim bo‘lish va hatto bolalar orasida mashhur bo‘lgan "detskiy mot"!
😨Samarqandda o‘tgan Shaxmat olimpiadasida shunday partiyalar ham bo‘ldiki, ularning qanday yakunlanganiga ishonish qiyin.
🎬Yangi videomizda 2026-yilgi Shaxmat olimpiadasining eng g‘alati 5 ta partiyasini bir joyga jamladik!
👇Tomosha qiling:
youtu.be/PVMIftmM8iw?si=Ndw3…
7
368
Yevropa klublar kubogi: 3-turda har ikki Nodirbek ham maydonga tushadi!
⚡Bugun Chernogoriyaning Budva shahrida Yevropa klublar kubogining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Hamyurtlarimiz jamoalarining bugungi raqiblari:
🔴SuperChess Romania (Nodirbek Abdusattorov jamoasi) — Cheddleton Savills Caterling
🔴C.A. Silla Integrant Col-lectius — Novy Bor Chess Club (Nodirbek Yakubbayev jamoasi)
Har ikki jamoa dastlabki ikki turda g‘alaba qozonib, 4 tadan match ochkosi jamg‘argan.
🇺🇿Dastlabki ikki turda dam olgan Nodirbek Abdusattorov va ikkinchi turda o‘ynamagan Nodirbek Yakubbayev bugungi bahslarda ishtirok etadi.
👉Uzchess jonli efiri soat 17:15'da boshlanadi!
1
168
🇺🇿O‘zbekiston 2027-yilgi Jahon kuboklari uchun ikkita yo‘llanmaga ega bo‘ldi!
FIDE Samarqandda o‘tkazilgan 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasi natijalariga ko‘ra, kelasi yilgi Jahon kubogi va ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi uchun ajratilgan yo‘llanmalarni e’lon qildi.
O‘zbekiston har ikkala musobaqada bittadan yo‘llanmaga ega!
Ochiq yo‘nalish — 1 ta yo‘llanma
Ayollar yo‘nalishi — 1 ta yo‘llanma
Olimpiadani 13-o‘rinda yakunlagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham 2027-yilgi Jahon kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Yo‘llanmalar kimlarga beriladi?
FIDE qoidalariga ko‘ra, har bir milliy federatsiya Olimpiadada qatnashgan jamoasi a’zolaridan birini tanlaydi. Agar barcha a’zolar boshqa yo‘l bilan saralangan yoki ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lsa, federatsiya boshqa shaxmatchini ham ko‘rsatishi mumkin.
Yakuniy vakillar 2027-yilning 1–15-iyul kunlari tasdiqlanishi kutilmoqda.
Umumiy hisobda Olimpiada natijalari orqali ochiq yo‘nalishda 83 ta, ayollar yo‘nalishida esa 45 ta milliy federatsiya Jahon kubogi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Samarqanddagi Olimpiada O‘zbekiston shaxmatchilariga nafaqat medallar, balki kelgusi yildagi eng nufuzli xalqaro musobaqalardan birida qatnashish uchun yangi imkoniyatlar ham taqdim etdi.
Sizningcha, O‘zbekistonning ushbu ikki yo‘llanmasi kimlarga berilishi kerak?
📸: Obid Suyunov
Yangi shaxmat reytingida Nodirbek Abdusattorov dunyoning TOP-3 taligida!
Total Chess tashkilotchilari klassik shaxmat, rapid va blits natijalarini birlashtiruvchi yangi Total Chess Rating tizimini va dunyoning eng kuchli 100 shaxmatchisi ro‘yxatini e’lon qildi.
Yangi reytingning kuchli beshligi:
🥇 Magnus Karlsen — 2830
🥈 Hikaru Nakamura — 2779
🥉 Nodirbek Abdusattorov — 2774
4. Alireza Firuzja — 2765
5. Javohir Sindarov — 2753
Ro‘yxatda boshqa qiziqarli natijalar ham bor.
Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuning yangi reytingi 2686 bo‘lib, u 26-o‘rinni egalladi.
Turkiyalik 15 yoshli Yagiz Kaan Erdog‘mushning Total Chess reytingi esa 2637 — bu uning klassik shaxmatdagi 2731 reytingidan 94 ochko past.
Total Chess Rating nima?
Bu tizim shaxmatchining faqat klassik formatdagi emas, rapid va blitsdagi kuchini ham hisobga oladi. Uchala reyting shunchaki qo‘shilib, uchga bo‘linmaydi — maxsus formula qo‘llanadi.
Hozircha tizim sinov bosqichida va FIDEning rasmiy reytinglari o‘rnini egallamaydi.
Sizningcha, uchala formatni birlashtiradigan bunday reyting tizimi kerakmi?
🇺🇿TARIXDA ILK BOR! JAVOHIR SINDAROV DUNYONING TOP-3 SHAXMATCHISI! 🔥
⚡O‘zbekiston shaxmati tarixida ilk bor hamyurtimiz klassik shaxmat bo‘yicha live jahon reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi!
🔴AQSh chempionatida Fabiano Karuananing Endi Vudvordga mag‘lub bo‘lishidan so‘ng, Javohir Sindarov 2782 reyting bilan dunyoning 3-raqamli shaxmatchisiga aylandi!
Undan faqat Magnus Karlsen (2823) va Hikaru Nakamura (2792) oldinda.
👉Nodirbek Abdusattorov esa 2780 reyting bilan 5-o‘rinda!
Dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan ikkitasi — O‘zbekiston vakili!
Nodirbek Abdusattorov: “Sindarov shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri!”
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovning iste’dodi, uning muvaffaqiyatlari va bu natijalar o‘ziga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.
🗣 “Biz uning salohiyatini yaxshi bilamiz. Javohir nihoyatda iste’dodli, hatto mendan ham iste’dodliroq. 2021–2022-yillargacha u shaxmatga unchalik ko‘p vaqt ajratmasdi, boshqa ishlar bilan ham shug‘ullanardi.
Menimcha, u shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri. Kasparov va boshqa buyuk shaxmatchilar qatorida. Iste’dod jihatidan ulardan aslo qolishmaydi. Shunchaki, u uzoq vaqt o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olmadi va biroz soyada qolib ketdi”.
Nodirbek Sindarovning muvaffaqiyatlari unga ham katta turtki berganini ta’kidladi:
🗣 “2022-yilda men birinchi bo‘lib 2700 reyting marrasidan o‘tdim. 2025-yilgacha reyting bo‘yicha kuchli shaxmatchilar qatorida edim. Lekin Nomzodlar turniriga chiqa olmadim. Avvaliga yoshligim, keyinchalik tajribam yetishmagani bunga to‘sqinlik qildi.
Ko‘p yillar davomida men Javohirdan bir qadam oldinda edim. Endi esa u mendan o‘zib ketdi va bu marraga birinchi bo‘lib erishdi.
Uning ketma-ket g‘alabalari menga ikkinchi nafas berdi. Javohir buning uddasidan chiqish mumkinligini ko‘rsatdi, yo‘l ochib berdi va o‘zimga bo‘lgan ishonchimni oshirdi.
Endi u oldinda, men esa uning ortidan ketyapman”.
Sizningcha, Sindarov haqiqatan ham shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan birimi?
12
345
TASODIFLAR TASODIFAN BO'LMAYDI!
🏆To‘rt yil avval Chennaydagi oltin medalni kutilmagan mo‘jizaga yo‘yganlar bo‘lgan edi. Ammo Samarqand mezbonlik qilgan Olimpiadada yigitlarimiz butunlay boshqa maqomda — chempionlik uchun asosiy favoritlardan biri sifatida boshladi.
🔥Hindistonga qarshi match taqdirini butunlay ostin-ustun qilib yuborgan Yoqubboevning bitta taktik yurishi, ilk mag‘lubiyatdan keyin birinchi raqamli jamoa — AQShga berilgan sovuqqon javob va asablar eng taranglashgan so‘nggi turdagi tarixiy lahzalar. Biz bu yo‘lni bosib o‘tdik!
🇺🇿O‘zbekiston qanday qilib ikkinchi marta Shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylandi?
🔴videoni ko'rish: youtu.be/ZSVtnDFvl9E?si=nZCe…
6
405




















